Viloyat IIV tergov departamentining xabar berişiça, Şörçi tumani Kakan mahallasida yaşovçi 40 yoşli X.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2022 yil 27 fevral kuni Şörçi tumanida yaşovçi, 33 yoşli X.M. unga tegişli sir saqlanişi lozim bölgan videotasvir borligini aytib, ularni internetda tarqatib yubormaslik evaziga X.A.dan 1 000 dollar talab qilib kelganini ma’lum qilib, X.M.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur ariza yuzasidan 2022 yil 27 fevral kuni soat 22:00 larda IIB xodimlari tomonidan Şörçi tumani Bobur mahallasida ötkazilgan tezkor-tadbir davomida, X.M. arizaçidan sir saqlanişi lozim bölgan videotasvirni internetda tarqatmaslik evaziga talab qilib kelayotgan 1000 dollardan 500 dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Şörçi tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.