Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaqin munosabatda bölib kelgan tanişining fotosuratlarini internetda tarqatişini aytib 5 million söm pul olgan yigit uşlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 4 dekabr kuni soat 11:50 da viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda 35 yoşli I.X.ning şaxsiy hayotiga oid fotosuratlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 5,8 million söm pul berişini talab qilgan 33 yoşli Ş.J. uşlangan.

J.Ş. 2015 yildan buyon yaqin munosabatda bölib yurgan ayoldan qöl telefonida mavjud bölgan şaxsiy fotosuratlarni tarqatmaslik evaziga talab qilingan pullardan 5 million sömni Denov tumanida I.X.dan olgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Ş.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.