“Xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil 1 iyundan Rossiya, Turkiya hamda Qozoğistonning tegişli hududlarida (12 ta) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinadi. Mazkur hududlarning har biriga kamida 2 nafar vakil biriktiriladi.

2022 yil 1 maydan har yili hokim yordamçilari yozma tavsiyanomasiga asosan:

boquvçisi xorijga mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;

mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” (daftarlar)dan biriga kiritilgan, nogironligi bölgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravaçalari, eşitiş apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qiliş uçun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;

mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning Özbekistonda ular bilan birga yaşovçi pensiya yoşiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bölgan oila a’zolariga kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolaniş muassasalariga bir martalik bepul yöllanma beriladi.

Mahallalardagi yoşlar yetakçilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yöllanmalar beriladi.

Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining mablağlari hisobidan mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam pullari va yöllanmalar berişda:

yordam pullari va yöllanmalar başarti mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolar “Labor migration” dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan bölsa beriladi;

talabgorlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Labor migration” dasturiy majmuasi orqali elektron murojaat qiladi.