Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksana Chusovitina jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Gimnastikachi Oksana Chusovitina Dohada o‘tayotgan jahon kubogining ikkinchi bosqichida final dasturida ishtirok etdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Oksana Chusovitina unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chusovitina tayanib sakrash dasturida qatnashib, 13,433 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u medallar uchun asosiy raqobat olib borgan Vengriya va rossiyalik raqibalarini ortda qoldirishga erishdi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi, Doha.
Tayanib sakrash, ayollar:
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433
2. Mariya Baskay (Vengriya) – 13.150
3. Viktoriya Listunova (Rossiya) – 13.133
Mavzuga oid
10:34 / 13.03.2026
Oksana Chusovitina jahon kubogida finalga chiqdi
19:49 / 06.03.2026
Oksana Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi
09:46 / 14.10.2025
Indoneziya Isroilni badiiy gimnastika bo‘yicha JChga kiritmaydi
17:57 / 08.03.2025