Namangan şahrida joylaşgan Çorsu dehqon bozoridagi oşxonalardan birining yertölasida yonğin çiqqan. Bu haqda Namangan viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, voqea joyiga 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Söng yonğin kattaligi sabab qöşimça yonğin-qutqaruv avtomaşinalari jalb etilgan.
Hozirda yonğinni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
“Yonğin sababi, zarari aniqlanadi va qöşimça ma’lumot taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Namangandagi xonadonda yonğin yuz berganligi xabar qilingan edi.
















