AQŞ Rossiyadan neft importini taqiqlaşi mumkinligi haqidagi xabarlardan söng 7 mart kuni bir barrel neft narxi qariyb 140 dollarga yetdi. 

Ma’lumotlarga köra, Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 139 dollargaça kötarilgan. 

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Qöşma Ştatlar Yevropadagi ittifoqçilari bilan Rossiya nefti importidan voz keçişni muhokama qilayotganini aytgandi. 

Bloomberg agentligi manbalarining sözlariga köra, Vaşington Yevropa iştirokisiz ham neftga embargo qöyişi mumkin.

Ma’lumotlarga köra, AQŞ neft importining 3 foizga yaqini Rossiya hissasiga töğri keladi.

JPMorgan Chase & Co tahlilçilari yil oxiriga borib Brent narxi 185 dollarga yetişi mumkin deb hisoblamoqda.