Toşkent şahar IIBB YHHBning ma’lum qilişiça, Uçtepa tumanining Lutfiy – Şirin köçalari kesişgan çorrahada Matiz rusumidagi avtomobil haydovçisi yöl harakati xizmati inspektorining jizel orqali töxtaş haqidagi işorasiga böysunmay, qoçib ketişga uringan. Uşbu avtomobil keyingi çorrahada Toşkent şahar IIBB maxsus xizmati xodimlari tomonidan majburan töxtatilganda haydovçi transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi heç qanday hujjatni taqdim eta olmaydi.
UzReport telekanalining “No Comment” dasturi orqali efirga uzatilgan tasvirlarda haydovçi majburan töxtatilganidan keyin ham inspektorning qonuniy talablariga böysunmagani, kimlargadir qönğiroq qilib vaziyatdan çiqib ketmoqçi bölganini köriş mumkin.
“Hujjatlarim yonimda yöq. [Ayolimning] mazasi bölmayotgani uçun şoşilib ketayotgandim. [Inspektor] meni töxtatganlarini körganim yöq”, deydi özini Izzat deya taniştirgan haydovçi.
“Agar haydovçi töxtaş haqidagi işoramizga böysunib töxtaganida va vaziyatni tuşuntirganida, ya’ni ayoli tibbiy yordamga muhtoj ekanini aytganida, yöl patrul xizmati maşinasida uşbu maşina eng yaqin masofadagi şifoxonagaça kuzatib borilardi. Hozirgi vaziyatda transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlari yöqligi va qonuniy talabimizga böysunmagani uçun ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi va avtomobil jarima maydoniga joylaştiriladi”, deya tuşuntiriş berdi yöl harakati xizmati inspektori.
Avval ham Toşkent şahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi asosida ötkazilgan tungi reyd tadbirlari davomida inspektorning töxtaş işorasiga böysunmay, qoçib ketişga uringan Gentra, Malibu va Mercedes haydovçilariga nisbatan qonuniy çora körilgan edi.
















