Tojikiston O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini odatiy ish rejimiga o‘tkazmoqda
Bunday qaror Tojikistonda epidemiologik vaziyat normallashgani munosabati bilan qabul qilingan.

Foto: Sputnik
Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy ish rejimiga o‘tkaziladi. Bunday qaror Tojikistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha shtab tomonidan qabul qilingan.
«2022 yil 15 martdan Tojikistonning O‘zbekiston bilan davlat chegarasi o‘tkazish punktlari faoliyati odatiy rejimga o‘tkaziladi, yuqumli kasalliklar bo‘yicha nazorat esa faqat COVID-19 bo‘yicha to‘liq emlanganlik haqidagi sertifikat asosida, Tojikistonda koronavirus testidan o‘tmasdan amalga oshiriladi», — deyiladi shtab xabarida.
Mamlakat fuqarolari va Tojikistonga kiruvchi xorijliklar faqat uch kun davomida amal qilish muddatiga ega bo‘lgan, chiqish mamlakatidan koronavirus uchun salbiy natijaga ega sertifikat taqdim etishi lozim bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Tojikiston davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarida qayta tekshirish talab etilmaydi.
Bu qaror «Tojikistonda epidemiologik vaziyatning normallashuvi hamda mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida» qabul qilingan.
«O‘zbekiston, shuningdek, boshqa MDH davlatlarining sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari tomonidan berilgan COVID-19’ga qarshi emlanganlik sertifikati rasman tan olinadi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, shtab tomonidan majburiy niqob taqish tartibi bekor qilinib, to‘y va boshqa milliy marosimlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘tkazishga ruxsat berildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan” – Buxoro viloyati hokimining gapiga munosabat bildirildi
Jahon | 08:52
-
Isroil armiyasi Eron harbiy va yadroviy obektlariga keng ko‘lamli hujum boshladi - Tafsilotlar
Jahon | 08:25
-
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida
Jamiyat | 07:48
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

17:39 / 30.05.2025
2023 yilda muzliklar 600 gigatonna suv yo‘qotdi – Imomali Rahmon

17:37 / 17.05.2025