Turkiya Antalyada Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba örtasida bölib ötgan uçraşuvdan tezkor natija kutmaslikka çaqiradi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli ma’lum qildi.

"Bu uçraşuvdan möjiza kutişning keragi yöq, ammo muhimi, uşbu darajadagi muloqotlar boşlandi. Bu vazirlar darajasidagi dastlabki muzokara", - dedi u.

Çovuşöğli oxir-oqibat bu muloqot Rossiya va Ukraina rahbarlari darajasidagi uçraşuvga aylanişini qayd etdi.

Uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi murakkab vaziyatda ötdi.

"Uçraşuv murakkab vaziyatda bölib ötdi, ammo Rossiya va Ukraina örtasida heç qanday keskinlik bölmadi", - dedi Çovuşöğli.

Uning aytişiça, "suhbat davomida heç kim ovozini kötarmagan".

Turkiyaning Antalya provinsiyasida diplomatik forum bölib ötmoqda. Forum doirasida Çovuşöğli iştirokida Lavrov va Kuleba örtasida uçraşuv bölib ötdi.