2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini hisoblash boshlangan, lekin buni e’lon qilish uchun huquqiy asos – tegishli qonun qabul qilinishi kerak. Bu haqda 10 mart kuni Jamoatchilik kengashi oldida hisobot bergan agentlik direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

“To‘g‘ri, farmonda aniq aytilgan edi, 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi, deb. Agentlik bu borada vazirlik va idoralar bilan birgalikda, birinchi o‘rinda xalqaro tashkilotlar ko‘magida platforma ishlab chiqdik. Platformaning texnik jihatlarini tegishli idoralar – birinchi o‘rinda AKT vazirligi, Kiberxavfsizlik markazi va boshqa idoralar bilan hamma texnik reglamentlar ishlab chiqilgan. Eng muhimi, qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, garchi hozircha e’lon qilinmagan bo‘lsa ham, iyunda bo‘ladimi, iyuldami – 2022 yil 1 yanvardan boshlab [davlat xizmatchilarining] olgan mol-mulklari va daromadlari hisobga olinishni boshlaydi.

Faqat hozir, qonunchilik jarayonida bizda cho‘zilish bo‘lib qoldi, ya’ni qonunni o‘zaro kelishish jarayoni cho‘zilib ketdi. Lekin qonun loyihasi tayyor, aytganimdek, bu jamoatchilik muhokamasiga ham qo‘yiladi. O‘ylaymanki, bu yil albatta 2022 yil 1 yanvardan keyingi davrga taalluqli mol-mulklari va daromadlari deklaratsiyalanadi.

2022 yil yanvardan hisobi boshlandi, faqat huquqiy asosi va texnik reglamentlari kerak. Bular hozir ishlab chiqilyapti, biz alohida platforma yaratyapmiz. Qonun kuchga kirganda bu ma’lumotlarning ochiqlanish muddati ko‘rsatib o‘tiladi. Biz 1 apreldan degan edik, to‘g‘risini aytsam, ulgurmayapmiz. Iyundan, iyuldan bo‘lar, balki yil oxirida. Lekin [bu qonun bo‘yicha] 2022 yildagi daromadlari ochiqlanadi”, deya Akmal Burhonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyun oyida qabul qilingan prezident farmonida 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi belgilangan edi.

Farmonda “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 6 sentabrga qadar mas’ul idoralar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozimligi