“Haqiqatdan ham reyestr va “Davlat sirlari töğrisida”gi qonun loyihalari tayyor edi. Oxirgi kelişuv jarayoni bor. Qonunçilikdagi tartibga köra, uni jamoatçilik muhokamasiga qöyişdan avval barça tegişli vazirlik-idoralar bilan kelişiş kerak. Mana şu kelişiş jarayoni çözilib ketdi.
Öylaymanki, oxirgi nuqtasi qoldi. Adaşmasam, bir yoki ikkita idoraning [qonun loyihalari böyiça] e’tirozlari bor edi. Şularni bartaraf etiş böyiça işçi guruh tuzganmiz. Şundan keyin albatta jamoatçilik muhokamasi uçun qöyamiz.
Davlat rahbari tomonidan korrupsion jinoyat sodir etganlar röyxatini yuritiş böyiça talab va vazifa qöyilgan. Biz reyestrning texnik tomonlarini tayyorlayapmiz, işçi guruh tuzilgan. Qonun qabul qilinişi yoki qilinmasligidan qat’iy nazar keyingi yildan reyestr yuritilişi, farmon ijrosi ta’minlanadi. Qonun qöşimça tartiblarini ta’minlab beradi”, – dedi Akmal Burhonov 21 dekabr kuni Senatning oçiqlik qömitasi yiğilişida Kun.uz muxbiri savoliga javoban.
Eslatib ötamiz, 20 oktyabrdagi tadbirda ham agentlik direktori korrupsionerlar reyestriga oid qonun loyihasi “keyingi hafta” oçiq muhokamaga çiqarilişi, davlat sirlariga doir qonun loyihasi ham “tez kunlarda” jamoatçilikka taqdim etilişini bildirgan edi.
2021 yil iyulida qabul qilingan oçiqlikka doir prezident farmonida “Davlat sirlarini saqlaş töğrisida” qonun loyihasi 2021 yil avgustigaça işlab çiqilişi lozimligi aytilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
- çeklab qöyilgan axborotlar röyxatiga kirmaydigan ma’lumotlarni maxfiylaştirişni taqiqlaş;
- çeklab qöyilişi fuqarolarning şaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarning davlat sirlariga kiritilişini man etiş;
- fuqarolar, davlat organlari va boşqa taşkilotlarning davlat xizmatçilari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar bilan işda foydalanişga ijozatni rasmiylaştiriş şartlari va tartiblari;











