Özbekiston Respublikasining Örmon kodeksi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.

Kodeks loyihasini qabul qilişdan maqsad - örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilikni tizimlaştiriş, sohadagi qonun va qonunosti hujjatlari normalarini yagona kodeksga birlaştirgan holda töğridan töğri amal qiluvçi qonunni qabul qiliş, örmonçilik sohasidagi faoliyatni yanada kafolatlaş, örmonçilikni yanada rivojlantiriş hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarni yeçiş.

Kodeks loyihasida respublikada örmon xöjaligi salohiyatini oşiriş, örmonlarni saqlaş, barpo etiş va rejali boşqariş orqali ekologik foyda köriş, şuningdek, ularning mamlakat rivojlanişidagi uluşini oşiriş böyiça qoidalar nazarda tutilmoqda.

Kodeks loyihasi 16 ta bob va 88 ta moddadan iborat. Loyihada:

  • örmon sohasiga oid davlat siyosatini yangi bosqiçga olib çiqiş va qonunçilikni takomillaştiriş çoralarini köriş;
  • respublika hududidagi barça örmon fondi yer maydonlarini davlat xatlovidan va röyxatdan ötkaziş, örmon tuziş işlari haqidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini şakllantiriş;
  • mavjud örmonlarni muhofaza qiliş va qayta tiklaş hamda ihotazorlar va örmon plantatsiyalarini barpo etiş;
  • örmon fondi yerlarini yuridik va jismoniy şaxslarga ijaraga beriş tizimini joriy qiliş orqali iqtisodiy foyda oliş amaliyotini yölga qöyiş;
  • dorivor ösimliklarni yiğişda samaradorlikni oşiriş, tabiiy ösimliklar uruğidan foydalaniş hamda xomaşyoni yiğiş, quritiş, saqlaş va qadoqlaş jarayonlarini takomillaştiriş;
  • soha taşkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, örmon xöjaliklari texnika parkini modernizatsiya qiliş, ilmiy tadqiqotlar olib borişda foydalaniladigan laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlaş, örmonçilar uyi va kuzatuv minoralarini quriş;
  • örmonçilik sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çoralarini köriş;
  • sohaga investitsiyalarni jalb qiliş işlarini tizimli yölga qöyiş, xalqaro moliya institutlari mablağlarini özlaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş;
  • örmonlarni saqlaş, qayta tiklaş va köpaytiriş böyiça jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş;
  • örmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantiriş, yoğoç, dorivor va boşqa turdagi import örnini bosuvçi, eksportbop mahsulotlarni işlab çiqariş işlarini keng yölga qöyişni takomillaştirişga qaratilgan normalar nazarda tutilgan.