“Davlat organlari va taşkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoş mutaxassislar va yoş vatandoşlarga zarur şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

2022 yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda öqiyotgan, yetakçi kompaniyalarda işlayotgan Özbekiston yoşlari (yoş vatandoşlar)ga vazirliklar, idoralar va taşkilotlarda işlaşi uçun şart-şaroit yaratiş maqsadida:

  • yoş vatandoşlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta’minlanadi;
  • davlat organlari va taşkilotlarida kamida 2 yil işlagan yoş vatandoşlarga uy-joy uçun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplaşga subsidiya beriladi.

2022 yil 1 iyungaça “Yoş vatandoşlar reyestri” elektron tizimi işga tuşirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandoş olimlar, ekspertlar va tadqiqotçilar oçiq röyxatdan ötadigan platformaga integratsiya qilinadi.

Har yili 1 martgaça davlat organlari va taşkilotlari tizimidagi malakali yoş mutaxassislar va yoş vatandoşlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlaş böyiça asoslangan takliflarni Yoşlar işlari agentligiga beradi. Agentlik 1 aprelgaça takliflarni örganib, prezident administratsiyasiga tavsiya kiritadi.