Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida gaz-porşenli elektr stansiyasi qurilişining 1-bosqiçi yakunlanib, Özbekistonning yagona elektr tarmoğiga 36,5 MVt quvvatda elektr energiyasi uzatiş boşlandi.
Loyiha quvvati 174 MVt bölgan gaz-porşenli elektr stansiyasi (GPES) qurilişi 2021 yil avgust oyida boşlangan edi. Mart oyiga kelib qurilişning 1-bosqiçi yakunlandi.
Yangi GPES töliq işga tuşirilgandan keyin yiliga 1,5 mlrd kVt*s elektr energiyasi işlab çiqaradi. Zamonaviy qurilmalarning energotejamkorligi hisobiga yiliga 800 mln kub.m. tabiiy gaz tejaladi. Bu 36 ming xonadonning 1 yillik gaz ta’minotiga töğri keladi
Loyihaning umumiy qiymati 105 mln dollarga teng bölib, quriliş 3 bosqiçda amalga oşirilmoqda. Uning birinçi bosqiçi yakunlanib, 2 ta gaz porşenli agregat tizimi işga tuşirildi va Özbekistonning yagona elektr tarmoğiga 36,5 MVt quvvat elektr energiyasi uzatişni boşladi. 2-bosqiç yakunlangaç, quvvat 73 MVt.ga yetkaziladi.
Xorazmda GPES qurilişi 2021 yil iyul oyida qabul qilingan prezident qarorida belgilab qöyilgan edi. Hujjatga asosan, Turkiyaning «Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.» kompaniyasi quvvati 174 MVt bölgan GPES quriş investitsiya loyihasini amalga oşiradi.
Buning uçun «Odaş Enerji SA» MÇJ loyiha kompaniyasi taşkil etilgan. Quriliş davridagi öz majburiyatlari lozim darajada bajarilişining ta’minoti sifatida u 1,3 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etgan.
«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyasi örtasida elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim ham imzolangan. Unga köra, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiliş majburiyatini oladi va tölovni milliy valutada amalga oşiradi.
Loyiha 2022 yil yoziga qadar yakunlanişi rejalaştirilgan. U töliq işga tuşirilgaç, 60 ta yangi iş örni yaratiladi.












