O‘zbekiston | 14:16 / 14.03.2022
17538
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

Maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keladi va IV chorak 28 mart kunidan boshlanadi.

Foto: Kun.uz

Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, respublika umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keladi, shu kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi. 

Qayd etilishicha, bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.  

IV chorak darslari esa 28 mart kunidan boshlanadi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til bu yil odatdagidan ikki hafta uzoqroq – 24 yanvargacha davom etgan. Xalq ta’limi vazirligi ta’tilning uzaytirilishini mavsumiy gripp keskin ko‘payishining oldini olish maqsadi bilan izohlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid