Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, tadbir viloyat hokimligi, Hindistonning Özbekistondagi elçixonasi, La’l Bahodir Şastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi va Badiiy ijodkorlar uyuşmasi viloyat bölimi hamkorligida taşkil etilgan.


Körgazmaning oçiliş marosimi doirasida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov Hindistonning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi janob Maniş Prabxat va Lal Bahodir Şastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori janob Çander Şekharni qabul qilgan.

Körgazmada XV-XIX asrlarga oid Hindistonning turli hududlaridan olib kelingan 105 ta xattotlik asarlari namunalari namoyiş etilmoqda. Kufiy, nasx, nasta’liq, xatti şikasta, ta’liq va boşqa uslubiy yönalişlardagi xattotlik asarlari namunalari Hirot maktabi ustalari tomonidan yaratilgan bölib, deyarli barçasi Qur’on oyatlarini yozişda keng qöllangan.













