Qayd etish kerak, Rossiya Federatsiyasi aviakompaniyalarining aksariyat samolyotlari Bermud orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Rossiya aviakompaniyalaridagi aksariyat Boeing, Airbus va Bombardier samolyotlarining raqami Bermud orollariga tegishli VP-B va VQ-B kodi bilan boshlanadi.

Foto: Airliners.net

Bermud orollari fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar RF aviatsiya hukumatining samolyotlar xavfsizligini ta’minlash qobiliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bermud orollari reyestrida bo‘lgan (VP-B va VQ-B kodi bilan boshlanadigan) havo kemalari endi parvoz uchun yaroqli hisoblanmaydi.

Negaligini biroz tushuntirishga harakat qilamiz.

Ayni paytda xorijda — Bermud orollari va Irlandiyada Rossiya aviakompaniyalari tomonidan foydalanilayotgan 800 dan ortiq xorijda ishlab chiqarilgan samolyotlar qayddan o‘tkazilgan. Rossiyaning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijda ishlab chiqarilgan samolyotlar soni 20 ta.

Foto: Planetspotters.net

Bu usuldan juda ko‘p davlatlar foydalanadi. Masalan, Qozog‘istonning Air Astana va Fly Arystan aviakompaniyalari samolyotlari Arubada ro‘yxatga olingan P4 kodi bilan boshlanuvchi yoki Irlandiyaning EI kodiga ega samolyotlardan foydalanadi. Qozoq aviakompaniyalarining Rossiyaga parvozlarni bas qilishining sababini ham shu yerdan axtarish kerak.

Foto: Airliners.net

Qozog‘istonning kodi UP harflari bilan boshlanadi va faqat Qazaq air aviakompaniyasi barcha samolyotlarni o‘zlarida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Foto: Airliners.net

Taqqoslash uchun: O‘zbekistonning Uzbekistan Airways va Qanot Sharq aviakompaniyalari O‘zbekistonning o‘zida ro‘yxatga olingan va UK kodiga ega samolyotlardan foydalanadi.

Foto: Airliners.net