Parijliklarning Madriddagi mağlubiyati, söng, Fransiya çempionati navbatdagi turida Messi, Neymar kabi futbolçilarga qarata huştakbozliklar, umuman aytiş mumkinki, Messi öz faoliyatidagi eng yomon mavsumini ötkazmoqda va hatto uning Barselonaga qaytişni istayotgani haqida xabarlar paydo böldi.

Hozirgina «Futbol TV»dagi studiyada qiziq bahs böldi – mabodo Messi «Barselona»ga qaytsa, jamoaga foyda keltiradimi, yöqmi?

Albatta, maydonda uning örni beqiyos, gollar uradi, boşqaradi, kuçaytiradi, ammo şu holatda hozir göyoki yaxşi yölga tuşib qolgan Xavi jamoasiga xalaqit bermasmikin..?

Şunaqaroq fikrlar ham yangradi va oldimizda Ronalduning «MYu»ga qaytiş hikoyasi turibdi – portugaliyalik futbolçining qaytişi qaysidir ma’noda Sulşer loyihasini buzdi va yakunda murabbiy iste’fosi bilan tugadi. Misol judayam örinli va hammasi yaqqol. Töğri.

Lekin boşqa fikr bor.

Gap şundaki, Ronalduning kelişi «MYu»dagi kutilmalarni bir poğona yuqoriga kötarib qöydi. Ya’ni, «MYu» APL çempionligi uçun kuraşişi, Çempionlar ligasida favorit bölişi kerak. Maqsad şunaqa bölişi lozim. Sulşer endi mana şu «planka»ga mos kelmay qoldi va ketdi. Zero oldingi mavsumlarda ham omadsiz davrlar yetarliça bölgan. Angliyada peşqadamdan 20 oçko ortda bölsa-da, 2-örinni oliş, Yevropa ligasi bölsa-da, «Vilyarreal»dan bölsa-da, yutqaziş «MYu» uçun keçirimli va hatto ijobiy holat sifatida baholanişi mumkin bölib qolgandi.

Ronaldu keldi va masala köndalangroq qöyildi – bu jamoa barça turnirlarda çempionlik uçun kuraşişi şart. Töğri, hozir kuraşmayapti, ahvol badtarroq, ammo kutilma öşanday turibdi, şuning uçun Sulşer iste’foga çiqdi, şuning uçun Rangnik ham ketadi.

Esingizdami, Portugaliya milliy jamoasi tarkibidagi futbolçilar? Kuarejma, Pepe, Eder, Moutino... Bu futbolçilar Yevropa uçun örtamiyona, Yevroda har qanday sovrin ham bemalol qanoatlantirişi mumkin bölgan pallada «Oltin töp» uçun kuraşib yurgan Ronaldu Portugaliyani çempion qilgandi. Öyini bilan kuçaytirişdan-da köproq, aynan jamoa darajasini, kutilmani bir poğona yuqoriga kötargan edi.

Messiga qaytamiz.

Ha, Xavining «Barselona»siga gap yöq. Juda çiroyli öynayapti, köp gollar uryapti. Işonaman, bu jamoaga Messining qöşilişi qayerdadir zarar keltiradi, pressingni kamaytiradi, kimdirlar zaxirada qolib ketadi, qöşilaman.

«Arsenal», «Vulverhempton», «Lion», «Sevilya» singari klublarning sobiq futbolçilari La Ligada öşa «Sevilya»ni yoki «Betis»ni ta’qib qilişni yoki Yevropa ligasida favorit bölişni zör eplab bermoqda. Qoyil. Ammo...