Ukrainadagi harbiy harakatlarning 20 kunida yetti mingdan oşiq rossiyalik harbiy xizmatçi halok bölgan. Bu Iroq va Afğonistonda 20 yil davomida halok bölgan amerikalik askarlar sonidan köproq. Bu haqda The New York Times Amerika razvedkasining «konservativ baholari»ga asoslangan holda xabar berdi.
Gazeta ma’lumotiga köra, 14 mingdan 21 minggaça rossiyalik harbiylar jarohatlangan. Naşrning yozişiça, Rossiya uruşga jami 150 mingdan ortiq harbiy xizmatçisini jalb qilgan.
Pentagondagi anonim manba ulkan yöqotişlar Rossiya armiyasining jangovar ruhini tuşirişi mumkinligini qayd etgan.
Şu bilan birga The New York Times uruşdagi qurbonlar böyiça ma’lumotlar aniq raqamlar emasligini qayd etgan. Bu raqamlar OAV tahlillari, sun’iy yöldoş tasvirlari va öqqa uçragan rus askarlari hamda harbiy texnikalari suratlari, şuningdek tomonlarning rasmiy ma’lumotlariga (Ukraina tomoni oşirib, Rossiya tomoni pasaytirib körsatayotgan bölişi mumkin) asoslangan.
- Rossiya mudofaa vazirligi uruş boşlanganidan buyon rossiyalik harbiylarning yöqotişlari töğrisida faqat bir marta ma’lumot bergan. 2 mart kuni vazirlik Ukrainada 498 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi halok bölgani va 1597 kişi yaralanganini ma’lum qilgandi.
- Ukraina tomonining sönggi ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasining yöqotişlari 13,8 ming kişini taşkil etadi. Lekin bu raqam yaralanganlar va asirga olinganlarni ham öz içiga olişi mumkin.
- Ukraina hukumati uruşda rossiyalik generallarning kamida tört nafari halok bölganini ma’lum qilgan. Rossiya bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan. The New York Times manbasining xabariga köra, Rossiya generallarining köpçiligi himoyalanmagan telefonlar va ratsiyalar orqali muloqot qiladi. Ularning kamida bir nafari Ukraina razvedkasi uning qönğiroqlarini eşitib, joylaşgan manzilini aniqlaganidan keyin halok bölgan.
- Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 12 mart kuni uruş boşidan buyon ukrainalik harbiylarning 1,3 mingdan ortiği halok bölganini tasdiqlagandi. Şundan keyin yöqotişlar töğrisida ma’lumot bermagan. Ukrainada tinç aholi orasida ham yöqotişlar köp - mamlakat janubida qamalda qolayotgan Mariupol şahrining özida tinç aholi orasidagi qurbonlar soni 2 mingdan oşiq.
- Uruş şaroitida u yoki bu tomon bergan rasmiy ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlaşning imkoni yöq.













