Antimonopolçilar Toşkent bozorlaridagi aravakaşlar faoliyatini tartibga solmoqçi
Foydalanuvçilarga köra, qömita bozorlardagi himoyasiz aravakaşlar bilan emas, Özbekiston iqtisodiyotini yeb bitirayotgan va odamlarni qaşşoqlik sari yetaklaydigan gigant monopoliyalar bilan kuraşişi zarur.
Kun.uz muxbiri Antimonopoliya boşqarmasi kötarib çiqqan taklif böyiça Toşkentdagi Eski jöva bozorida faoliyat yuritayotgan aravakaşlar fikri bilan qiziqdi.
«Şu faoliyat orqali hozir kuniga 100-120 ming söm pul topaman. Ammo uning ham oltmiş-yetmiş minggini kunlik xarajatlarim: aravaning ijarasi, ovqatlaniş va yaşaş uyimning ijara töloviga işlataman. Oilamga yubora oladigan kunlik tuşumim esa 50-60 ming söm.
Xizmatimizga terminallarning kirib kelişi esa bizga yana boşqa noqulayliklarni olib keladi. Bu bizga yangi qiyinçilik, uni şaroitimiz kötarmaydi», - deydi qaşqadaryodan kelib işlayotgan Zubaydulla aka.

Bildirilgan taklif böyiça poytaxt bozorlarida aravakaşlik qilib oila tebratayotgan boşqa yuzlab aravkaşlar ham ayni fikrda.
Ular qişloqlarda iş topiş oson emasligi, aravakaşlik faoliyatiga terminal joriy qilinişi esa poytaxtga iş izlab kelganlar ahvolini yanada oğirlaştirişidan xavotirda.

Odil aka ham aravakaşlik orqali Qaşqadaryoning Kitob tumanidagi oilasini tebratadi. «Öz uyingga yaqin joyda doimiy iş bölsa-ku, bundan yaxşisi yöq. Ammo qişloqda iş yöq. Şuning uçun bu yerdaman.
Bu yerdayam oson emas. Işga ertalabki 4:00da kelamiz va keç soat 16:00gaça işlaymiz. 12 soatlik iş.
Bu taklif bizga «plyus» emas, faqat «minus» olib keladi», – deydi u.

Eski Jöva bozorining arava xizmati rahbari Asliddin Azizov ham Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 7 mart kuni bölib ötgan sessiyasida bildirilgan taklifni pastdagi haqiqiy ahvolni bilmay, örganmay turib bildirilgan deya hisoblaydi.



















