O‘zbekistonda ilk marotaba: Beeline cheksiz kino va musiqali tariflarni taqdim etdi
Digital-operator O‘zbekiston aholisiga yangi Hammasi ZO‘R tariflarini va yangilangan Status tariflarini taklif qildi. Ularning asosiy afzalligi – 70ta telekanal, minglab Beeline TV va Amediateka film va seriallari, millionlab Beeline Music & Radio musiqaviy kompozitsiyalaridan cheksiz foydalanishdir. Bu mamlakat telekom bozorida ilk bunday taklifdir.
Hammasi ZO‘R’ning yangi qator aloqa xizmatlari hajmi va mavjud xizmatlar ro‘yxati bilan farq qiluvchi to‘rtta tarifni o‘z ichiga olgan. Shunda, internet-trafik paketlari 3 dan 15 GBgacha, daqiqalar soni – oyiga 1 500dan to‘liq cheksiz ovozli aloqagacha o‘sib bormoqda. Hammasi ZO‘R 3 va Hammasi ZO‘R 4 tariflariga cheksiz Beeline TV, Amediateka, Beeline Music & Radio kiradi. Ushbu resurslardan foydalanganda trafik sarflanmaydi. Yangi tariflar narxi oyiga 20 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha. Batafsil ma’lumot – saytda.
Yangilangan Status qator paketlarning yanada to‘laqonligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, bu yerda internet-trafik hajmi 30 dan 150 GB gacha; uchta tarifning istalganida O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar cheklanmagan va ulanganda har bir mijozga bepul «oltin» raqam taqdim etiladi. VEON doirasida roumingda aloqa xizmatlarining kiritilgan hajmi mavjud (Beeline Uzbekistan ushbu telekommunikatsiya holdingining bir qismidir). Status liniyasining barcha tariflarida cheksiz filmlar, telekanallar, musiqalar mavjud. Oylik abonent to‘lovi – 95 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha.
“Bizning vazifamiz O‘zbekiston aloqa bozorida “raqamlashtirishning kashfiyotchilari” bo‘lishdir, shuning uchun ham aynan bizning mijozlarimiz mamlakatimizda ilk marotaba qulay raqamli xizmatlarga ega bo‘lmoqda. Endilikda abonentlarimiz faqat «klassik» xizmatlar – daqiqalar, megabaytlar va SMSlar uchun to‘lovlarni amalga oshirib, yanada ko‘prog‘iga ega bo‘lishadi. Yangi tariflar kino va musiqaning ulkan olamiga yo‘llanma bo‘ladi”, — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.
“Raqamli xizmatlar ekotizimini rivojlantirar ekanmiz, biz O‘zbekiston telekom bozoriga o‘yin sanoatida bundle nomi bilan ma’lum bo‘lgan narsani joriy qilmoqdamiz – biz “bir to‘plamda” ko‘plab turli mahsulotlarni taklif etamiz. Mijozlarimiz uchun onlayn video va musiqa uzoq vaqtdan beri odatiy holga aylangan, ammo endi ular alohida xizmatlarni ulashlariga hojat yo‘q, ularning barchasi endi tariflarga kiritilgan”, — deya qo‘shimcha qiladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON 9 mamlakatda 217 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Reklama huquqi asosida