Ukraina xavfsizlik böyiça ehtimoliy kelişuvga Turkiya kafil sifatida qöşilişini istamoqda va Moskva bunga qarşi emas. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli Lvovda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan muzokaralardan söng ma’lum qildi.
«Bu uruşda qon tökilişini tezroq töxtatiş zarur. Turkiya rahbariyati şaxsan prezident Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligida bu yönalişda faol harakat qilmoqda», - deb ta’kidladi Çovuşöğli.
Turkiya taşqi işlar vazirining qayd etişiça, Anqaraning Ukrainadagi harbiy harakatlarni töxtatiş borasidagi urinişlari Belarusda boşlangan Rossiya-Ukraina muzokaralari bilan parallel ravişda davom etmoqda.
«Keça Moskvada Ukraina böyiça yana bir uçraşuv ötkazişga hojat qolmasligi, uruş tugaşi va mintaqada yana tinçlik va barqarorlik hukm surişiga umid bildirdim», - dedi Çovuşöğli.
Çovuşöğli Rossiya va Ukrainaga amalga oşirgan taşriflari öt oçiş töxtatilişiga bölgan umidlarni kuçaytirganini aytdi.
U şuningdek, Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiylar örtasida uçraşuv bölib ötişi ehtimoli yuqoriligini aytdi.












