Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga Ğarb qöşinlarini yuboriş haqida gapirar ekan, ukrainalik askarlarni tayyorlaş uçun instruktorlar jönatişni nazarda tutgan. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 20 mart, çorşanba kuni xorijlik jurnalistlar bilan suhbatda aytib ötdi.

«Makron Ukrainaga qöşin yuboriş haqida gapira boşlaganida, Yevropa yetakçilari vahima qözğadi. Makron şunçaki ukrainalik askarlarni hozir bölayotganidek - çegaralardan taşqarida emas, balki töğridan töğri Ukrainada tayyorlaş imkoniyati borligini nazarda tutgan edi», - deya Kulebaning sözlarini keltiradi La Stampa gazetasi.

TIV rahbarining qöşimça qilişiça, Kiyev heç qaçon Ğarbdan Ukrainaga harbiy xizmatçilarni yuborişni söramagan, çunki özining armiyasi bilan faxrlanadi. Biroq, uning sözlariga köra, Ukraina armiyasiga «egallab olingan hududlardagi Rossiya logistikasi va qömondonligini yöq qiliş», şuningdek, Rossiya hududiga zarbalar beriş uçun havo hujumidan mudofaa tizimlari, öq-dorilar, uçuvçisiz uçoqlar va uzoq masofali raketalar kerak. 

«Heç kim biz kabi tinçlikni xohlamaydi, lekin biz heç kimga hujum qilmadik va özimizni himoya qilişdan boşqa ilojimiz yöq», deb ta’kidladi Kuleba. 

Makronning Ukrainaga qöşin yuboriş ehtimoli haqidagi bayonotiga munosabat 

Fevral oyi oxirida Ukrainani qöllab-quvvatlaş konferensiyasida Makron NATOga a’zo davlatlarning quruqlikdagi kuçlarini Ukrainaga yuboriş imkoniyatini istisno etmadi. «Bugungi kunda quruqlikdagi kuçlarni Ukrainaga rasman yuboriş masalasida konsensus yöq, ammo vaziyat rivojida heç narsani inkor etib bölmaydi», dedi u. 

Keyinroq Makronning aniqlik kiritişiça, hozirça Ukrainaga heç qanday harbiy xizmatçi jönatiş haqida gap bormayapti, ammo kelajakda biror kontingent yuborilsa, u jangovar harakatlarda qatnaşmaydi. 

Fransiya prezidentining nutqidan söng, Ukrainaga qöşin yuboriş ğoyasi köplab Ğarb davlatlari, jumladan Germaniya, Bolgariya, Britaniya, Vengriya, Ispaniya, Italiya va Çexiya tomonidan rad etildi. NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg NATO Ukrainaga qöşin jönatiş niyatida emasligini ta’kidladi. 

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bu boradagi bahs-munozaralarni töxtatişga çaqirgan bölsa, uning finlandiyalik hamkasbi Antti Xyakkyanen Kiyevni qurol-yaroğ, öq-dori va pul bilan ta’minlaşga e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi. Şu bilan birga, Litva va Latviya Makronning pozitsiyasini qöllab-quvvatladi.