Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi norasmiy uçraşuvida Kiyev Rossiya hududiga çuqur zarbalar beriş qonuniyligi masalasini kötaradi, dedi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba. «Birinçi navbatda, bizning kun tartibimizdagi hal etilmagan masalalardan biri bu Ukrainaga qonuniy - ta’kidlayman: qonuniy ravişda Rossiya içkarisidagi harbiy nişonlarga zarba berişdir», - dedi Kuleba. Bu haqda 29 avgust, payşanba kuni «Ukrinform» agentligi ma’lum qildi.

«Agar biz yetarliça raketa olsak, zarbalar berişimizga ruxsat berilsa, Rossiyaning muhim infratuzilmamizga zarar yetkaziş qobiliyatini sezilarli darajada kamaytiramiz va bölinmalarimizning ahvolini yaxşilaymiz», — deya qöşimça qildi u.

Kiyevga qurol yetkazib berişni tezlaştiriş

Ukraina vaziri, şuningdek, Ğarbning harbiy yordam e’lon qilişi va uning amalda yetkazilişi örtasidagi vaqt oraliğiga e’tibor qaratdi. «Ba’zida bu intervallar haddan taşqari uzun böladi. Ikki yarim yillik uruşdan keyin bunday narsalar Şveytsariya soatlari kabi, keçiktirmasdan, iloji boriça samarali işlaşi kerak», deb ta’kidladi Kuleba.

Taşqi işlar vaziri, şuningdek, Ukrainaning qurol va jihozlarini işlab çiqarişni kengaytirişiga sarmoya kiritişga çaqirdi, çunki bu qadam, uning sözlariga köra, logistikani soddalaştiradi.

«Ba’zi Patriot tizimlari va’da qilingan va hali ham yetkazib berilmagan», dedi vazir öquv yilining yaqinda boşlanişi va maktab öquvçilarini himoya qiliş zarurligiga e’tibor qaratib. «Men majburiyatlarni zimmasiga olgan barça hamkorlarni qurol yetkazib berişni tezlaştirişga çaqiraman», - deya ta’kidladi Kuleba.

Ğarb harbiy xizmatga majbur ukrainlarni qaytarişda Kiyevga yordam bermaydi

Ğarb davlatlari Kiyevga öz hududida harbiy xizmatga majbur bölgan ukrainaliklarni topiş va ularni Ukrainaga yuborişda yordam berişdan boş tortdi, deb xabar berdi Bloomberg. Unga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki tomonlama uçraşuvlar doirasida ittifoqçilardan bu haqda söragan. Biroq, naşrning ta’kidlaşiça, «Polşadan Vengriyagaça bölgan» davlatlar siyosatçilari uruş davom etar ekan, ukrainalik qoçqinlarni öz vatanlariga jönatmasliklarini aytişgan.

Bloomberg ta’kidlaşiça, Ğarb davlatlari qoçqinlarni qabul qilişida gumanitar jihatdan taşqari, iqtisodiy tomon ham mavjud - işçi kuçi taqçilligi. Xususan, minglab ukrainalik erkaklar uruş boşlanişidan oldin uzoq yillar Polşa va Çexiyada işlagan. Rossiya hujumi boşlanganidan beri köpçilik janglarda qatnaşiş uçun öz vataniga qaytib keldi. Quriliş va transport kabi tarmoqlarda işçi kuçining çiqib ketişi sezila boşladi.