13 may, duşanba kuni Serbiyaga kelgan Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Belgradda Serbiya davlatining yuqori lavozimli rasmiylari bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç bilan muzokaralardan söng Kuleba ijtimoiy tarmoqda unga «yaqin kelajakda Ukraina-Serbiya biznes-forumini ötkazişga, şuningdek, 2022 yil mart oyidan beri ilk bor Serbiyaning Ukrainadagi elçixonasi faoliyatini qayta tiklaşga rozilik bergani uçun minnatdorçilik bildirdi».
Kuleba va Vuçiç Ukraina va Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş istiqbollari haqida ham gapirdi. «Birlaşgan Yevropa loyihasi Şarqiy Yevropa va Ğarbiy Bolqon qöşilişi bilangina yakunlanadi», — deb yozdi Kuleba ijtimoiy tarmoqda.
Ukraina TIV rahbari: «Parlament hamkorligini mustahkamlaşga kelişib oldik»
Şu kuni Dmitriy Kuleba va Serbiya parlamenti – Xalq assambleyasi spikeri Ana Brabiç örtasida uçraşuv bölib ötdi. Kulebaning sözlariga köra, tomonlar Ukraina va Serbiya örtasidagi parlament hamkorligini mustahkamlaşga kelişib olgan. Ukraina vaziri Serbiya parlamentiga «Qrim platformasining parlament ölçovida iştirok etgani uçun», şuningdek, şaxsan Ana Brabiçga Rossiyaning Ukrainaga töliq hujumidan keyingi dastlabki ikki yil davomida Serbiya boş vaziri sifatida Ukrainaga gumanitar yordam körsatgani uçun minnatdorçilik bildirdi.
Avvalroq Dmitriy Kuleba Serbiyaning amaldagi boş vaziri Miloş Vuçeviç bilan uçraşib, u bilan «özaro savdoni kengaytiriş va uni uruşdan oldingi darajaga qaytariş yöllari»ni muhokama qilgan edi. «Biz Ukraina-Serbiya hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik komissiyasining 2013 yildan beri birinçi yiğilişini ötkazişga kelişib oldik», — deb yozdi Kuleba ijtimoiy tarmoqda.
Bundan taşqari, Ukraina TIV rahbari serbiyalik hamkasbi Marko Juriç bilan uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş yöllarini muhokama qildi. Kulebaning sözlariga köra, «vazir Juriç Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini bildirdi».
Serbiya boş vaziri Kuleba bilan uçraşgandan söng Ukrainani qöllab-quvvatlaşini bildirdi
Serbiya boş vaziri Miloş Vuçeviç Dmitriy Kuleba bilan uçraşuvdan söng öz idorasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda «Serbiya xalqaro huquq va BMTga a’zo barça davlatlarning, şu jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiliş tarafdori», dedi. Serbiya Ukraina bilan «barça masalalarda va barça darajalarda döstona muzokaralar uçun oçiq», - deya Reuters Vuçeviçning bayonotidan iqtibos keltiradi.

















