Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytişiça, Nyu-Dehli Rossiyaning Hindiston bilan çegaradagi bahsli hududlar böyiça mojaroda iştirok etayotgan Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirayotganidan xavotir bildirişi kerak. Ukraina diplomatiyasi rahbari Britaniyaning Financial Times gazetasida 29 mart, juma kuni Kulebaning Hindistonga taşrifi fonida çop etilgan intervyusida: «Xitoy-Rossiya munosabatlari Hindiston uçun milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan alohida e’tiborga molik obekt bölişi kerak», dedi. 

Hindiston va Xitoy örtasidagi çegara mojarosi 

«Interfaks» agentligi ta’kidlaganidek, Hindiston 1960-yillardan beri Xitoy, Hindiston va Pokiston tutaşgan hududda joylaşgan Aksayçin mintaqasi ustidan Xitoy nazoratiga qarşi kuraşib keladi. Nyu-Dehli uni Ladakx viloyatining bir qismi deb biladi. Öz navbatida, Pekin Hindistonning Arunaçal-Pradeş ştatida 90 ming kvadrat kilometr maydonga da’vo qiladi. 

2020 yil may oyida Kunlun va Himoloy toğ tizimlari örtasida joylaşgan Ladakx viloyatida vaziyat yomonlaşdi. U yerdagi xitoy va hind harbiylari örtasidagi töqnaşuvlar fonida ikkala tomon ham çegarada harbiy iştirokini oşira boşladi. 

Kuleba Hindistonning Rossiya bilan aloqalari haqida 

Hindistonda bölib turgan Dmitriy Kuleba Nyu-Dehli va Kiyev örtasidagi hamkorlikni, jumladan, Ukrainani uruşdan keyingi qayta quriş doirasida kengaytiriş tarafdori ekanini aytdi. Rossiya böyiça, Ukraina diplomatiyasi rahbarining sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi va Hindiston örtasidagi yaqin aloqalar «sovet merosi»ga asoslanadi. «Ammo bu davom etadigan meros emas, balki parga öxşab yöqolib ketayotgan meros», deya qöşimça qildi u. 

Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli hujumi boşlanganidan söng, Hindiston, global janub deb ataladigan boşqa köplab davlatlar singari, uruşayotgan tomonlarning heç birini sözsiz qöllab-quvvatlab çiqmadi. 

Ayni paytda, Nyu-Dehli AQŞ, Fransiya va boşqa davlatlar bilan hamkorlik orqali ta’minotni diversifikatsiya qilişga urinişiga qaramay, bugungi kunda Rossiya Hindistonga eng yirik qurol yetkazib beruvçi bölib qolmoqda. Bundan taşqari, Hindiston ğarb sanksiyalari tufayli narxi tuşib ketgan Rossiya xom neftining yetakçi xaridoriga aylandi. Dmitriy Kuleba avvalroq bu borada Hindiston sotib oladigan rus xom neftining har bir barrelida «Ukraina qoni uluşi bor» deb aytgan edi, deb eslatadi FT.