Özbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 3 foiz bandga oşirib, yillik 17 foiz darajasida belgilaş töğrisida qaror qabul qildi. Oxirgi marta asosiy stavka 2018 yilning sentabr oyida kötarilgan edi. Undan keyin 2020 yil davomida ikki marta tuşirildi.

Markaziy bank bayonotida qayd etilişiça, taşqi iqtisodiy şaroitlarda yuzaga kelgan yuqori noaniqlik va keskinliklar fonida devalvatsion va inflyatsion kutilmalar ösişining oldini oliş, milliy valutada jamğariş faolligini saqlab qoliş hamda taşqi xatarlarning iqtisodiyotimizga ötuvçi ta’sirini yumşatiş orqali mamlakatdagi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş maqsadida asosiy stavka oşirilgan.

Asosiy stavka nima?

Markaziy bank asosiy stavkasi – inflyatsion targetlaş rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritişning asosiy instrumenti bölib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oşiradigan pul-kredit operatsiyalari böyiça möljal foiz stavkasi hisoblanadi. Uşbu stavkani özgartiriş orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlaş uçun zarur bölgan pul-kredit şaroitlarini belgilab boradi.

Asosiy stavkaning vazifasi quyidagilardan iborat:

  • mamlakatdagi inflatsiyani sekinlaştiriş yoki qisman töxtatib turiş;
  • banklarning tadbirkorlar va fuqarolarga beriladigan kreditlar böyiça foiz stavkasining eng kam darajasini belgilaş;
  • Markaziy bankning banklarga ularning qisqa muddatli likvidligini qöllab-quvvatlaş uçun beriladigan qayta moliyalaştiriş krediti qiymatini aniqlaş;

Sodda qilib tuşuntiriladigan bölsa, Markaziy bank belgilangan asosiy stavkadan kelib çiqib, tijorat banklariga kredit beradi. Öz navbatida tijorat banklari olingan pulga öz foizini qöşib jismoniy va yuridik şaxslarga kredit yoki qarz körinişida qayta tarqatadi. Asosiy stavkaning oşişi öz navbatida tijorat banklari tomonidan fuqarolarga taqdim qilinadigan kreditlar foizlarining ham oşişiga ta’sir ötkazadi.

Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boşqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati şaroitlari, joriy va kutilayotgan inflatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflatsiya darajasi kötarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani kötaradi. Agar inflatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.