17 mart kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining yiğilişida asosiy stavkani yillik 17 foiz kötariş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Özbekiston tarixida qayta moliyalaş stavkasining eng yuqori körsatkiçi 1995 yilda kuzatilgan bölib, öşa paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Şundan söng, 2017 yilgaça asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni taşkil etgan.

Oxirgi marta asosiy stavka 2018 yilning sentabr oyida kötarilgan edi. Undan keyin 2020 yilda ikki marta tuşirildi.

Regulyator asosiy stavkani oxirgi marta 2020 yil 10 sentyabrda özgartirgan, öşanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilangandi.