Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga köra, 2003, 2012 va 2021 yillarning mart oylarida ham juda yomğirli ob-havo bölgan, ammo bu yilgi kabi jadal va davomiyligi uzoq muddatli yomğirlar ilgari kuzatilmagan.
Şimoliy hududlardan taşqari, respublikaning katta qismida yoğingarçilik miqdori oylik me’yordan sezilarli darajada köp bölgan.
Jadal yomğirning davomiyligi ham anomal bölib, 5 martdan beri har kuni biroz tanaffus bilan yomğir yoğgan.
Eng kuçli yomğir 11-15 mart oraliğida kuzatilgan. Şu kunlari respublikaning ayrim joylarida 25-40 mm, ba’zi toğli hududlarda 50-60 mm gaça yoğingarçilik bölgan.
18 martdan söng yoğingarçilik 2-4 kunga tanaffus qilişi kutilmoqda. Mart oyining oxirigaça kuçli va uzoq muddatli yomğir yoğişi kutilmayapti.
Iqlimşunos olimlar fikriça, global isiş yoğingarçilik köpayişiga olib kelmaydi. Biroq ular ekstremal ob-havo hodisalarining köpayişiga, şu jumladan, anomal quruq yoki anomal nam davrlarning takroriyligi köpayişiga olib keladi. Joriy yilning mart oyi buning yorqin tasdiğidir.













