Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi uçraşuv tez orada ötkazilişi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisining maslahatçisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.
Polşaning «Wirtualna Polska» naşriga bergan intervyusida Podolyak prezidentlar örtasidagi uçraşuv qanday holatda ötkazilişi haqida gapirdi: «Tinçlik kelişuvi böyiça işlar yakunlangaç, uçraşuvni taşkil qilişga kirişamiz. Bu bir neça hafta içida amalga oşişi mumkin», degan Podolyak.
Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarda Ukraina tomoni yetakçisi bölgan Podolyak Zelenskiy hamda Putin örtasidagi uçraşuv Rossiyadan boşqa hamma yerda ötişi mumkinligini aytdi: «Joy muhim emas, u hamma yerda ötişi mumkin, faqat Rossiyada emas», degan Podolyak.
Oldinroq Turkiya Zelenskiy va Putin örtasidagi uçraşuvni özida ötkazişi mumkinligini ma’lum qilgandi. Bugun, 17 mart kuni ham Rajab Erdöğan Putinga telefon qilib Zelenskiy bilan uçraşuv masalasini muhokama qilgan. Turkiya ikki davlat taşqi işlar vazirlari örtasidagi uçraşuvni xavfsiz taşkil etib bergandi.
Financial Times öz manbalariga tayanib, Ukraina hamda Rossiya örtasidagi muzokaralarda siljiş borligi, tomonlar tinçlik kelişuvi böyiça reja işlab çiqqanini yozgandi.













