Köklam kelişi bilan yerlar, qir-adirlar taniga issiqlik yuguradi. Bunday paytda qiş böyi uyga berkingan bolalar azaldan köçalarga çiqib öyinlar öynaşgan. Biroq oxirgi ön yillikda bolalar öynagan xalq öyinlari gadjetlarga köçdi va ulardagi jismoniy faollik asta-sekin pasayib boryapti.

«Milliy öyinlar bolani jamiyatga qöşadi»
Alişer Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti filologiya fakulteti folklor bölimi rahbari Şomirza Turdimovning aytişiça, milliy öyinlarning köpi 2010 yildan keyin deyarli öynalmay qöygan va ular kompyuter, telefonlarga köçgan.
Uning fikriça, milliy öyinlarning bolani jamiyatga qöşişdagi örnini heç nima bilan töldirib bölmaydi.
«Öyinlar – bolaning ham aqlan, ham jismonan rivojlanişiga yordam beradi. Öyin bolani jamiyatga aralaştiradi. Uning jamiyatdagi örnini topişiga sababçi böladi. Çunki öyinda bola öyinboşi böladi, iştirokçi böladi, unga jamiyat, dunyo haqida bilim beradi. Eng qiziği bu bilimlar bolaga majburan emas, unga zavq uyğotib örgatiladi. Bizning xalq pedagogikamiz mohiyati ham şundan iborat», deydi u.
Gadjetlardagi öyinlar tasavvurni, aqlni çarxlaşi mumkin, lekin kompyuter öyinlari deyarli harakatsiz öyinlardir. U yerda bola faqat kuzatiş bilan band böladi.
Şomirza Turdimov kompyuter öyinlariga ma’lum miqdorda insonni harakatga keltiradigan, uni faollaştiradigan şartlarni qöşiş, öylab topiş kerakligini aytadi. Şunda eski öyinlarning mohiyatini saqlab qolib, yangilaş mumkin.
«Heç narsa yangidan paydo bölgan emas. Bugun yaratilayotgan kompyuter öyinlarining asosi ham öyin qayerdan kelayotgan bölsa, öşa xalqning folklori, adabiyoti, san’atiga tayanadi. Biz faqat iste’molçi bölişimiz kerak emas. Bizning ham san’atimiz, folklorimiz bor. Şularni kompyuter öyinlariga qöşiş kerak», deydi u.
Özbekiston hududida tarixan juda köp milliy bolalar öyinlari bölgan va ular avloddan avlodga ötib kelgan. «Oq terakmi-kök terak», «Berkinmaçoq», «Oşiq», «Boyçeçak», «Xola-xola», «Qorxat», «Köpkari» kabi öyinlar röyxatini mingga yetkaziş mumkin. «Özbek xalq milliy öyinlari» kitobi muallifi Röziqul Mustafoqulov ana şunday milliy bolalar öyinlarining yuzdan ortiğini yiğgan. Ulardan qaçonlardir keng tarqalgan va hozir kam öynaladigan bir neçtasiga misol keltiramiz.






















