Özbekistonda soyadagi iqtisodiyot kölamini his etişning eng oson yöli – taksi bozoriga nazar taşlaş. Yuz minglab insonlar kirakaşlik bilan oila tebratsa-da, mutlaq köpçiligining faoliyati rasman noqonuniy hisoblanadi; eng töğri yöl – öz vakillarini saylaş orqali bu tamğani özlaridan olib taşlaşlari esa quloqqa mubolağa bölib eşitiladi.

Taksiçilarning muammosi faqat qonuniy işlaşlari juda qimmatligida ham emas: ular tez-tez odamlarning qöpol va kamsituvçi muomalasiga duç kelişadi. Qolaversa, taksiçilarning köpçiligi bir vaqtning özida işsizlikdan ham aziyat çekadi – ertalabdan keçgaça oğir mehnat bilan topiladigan daromad darajasi havas qilarli emas.

SUBYEKTIV jamoasi navbatdagi sonida Toşkentdagi kirakaşlar misolida bu kasb egalarining maşaqqatli hayotiga nazar soladi.