Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda Rossiyaning 80ga yaqin samolyoti xatlovga olingani ma’lum qilindi
Avvalroq Bermud orollari aviatsiya hokimiyati Rossiyaning shu davlatda ro‘yxatga olingan 700 dan ortiq samolyotlarining parvozga yaroqlilik sertifikatlarini to‘xtatib qo‘ygandi.
Rossiyaning 1367ta samolyotidan 78tasi xorijda xatlovga olindi. Bu haqda Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev ma’lum qildi.
Shuningdek, Savelev Rossiya hukumati g‘arblik lizingga beruvchilar bilan vaziyatni hal qilish yo‘llarini izlamoqda, ammo ular hozircha samolyotlarni berish niyatida emas.
Uning ma’lumot berishicha, 22 mamlakatning 30dan ortiq aviakompaniyalari Rossiyaga parvozlarni davom ettirmoqda.
Avvalroq Bermud orollari aviatsiya hokimiyati Rossiya Federatsiyasining shu davlatda ro‘yxatga olingan 700 dan ortiq samolyotlarining parvozga yaroqlilik sertifikatlarini to‘xtatgandi.
Ushbu qarordan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin lizing asosidagi xorij samolyotlarini Rossiya aviakompaniyalari tasarrufiga o‘tkazishga ruxsat berdi.
Vitaliy Savelevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 700ga yaqin samolyotni o‘z reyestriga o‘tkazgan.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026