Tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekologuz kanali Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi matbuot xizmati kotibi Zamira Abdullayeva bilan boğlanib ma’lumotga oydinlik kiritdi.
Matbuot xizmati kotibining ma’lumot berişiça, bunday tur ilonlar Özbekiston hududida uçramaydi. Video va suratlardagi piton iloni Ğallaorol tumani "Olimlar" MFY hududidagi oçiq maydonga sel bilan oqib kelgan va çöponlar tomonidan topilgan.
Tarqalgan xabarlar yuzasidan Ğallaorol tumani Ekologiya bölimi va IIB birgalikda uşbu holatni örganmoqda. Ilon qayerda va kim tomonidan suvga taşlangani haqidagi töliq ma’lumotlar olinişi bilan yana qöşimça xabar beriladi, deyiladi axborot xizmati bayonotida.
Ekologuz kanali xavotirga örin yöqligini bildirgan. Bundan oldin Bildirsoydan ölik holda böğma ilon topilgani töğrisida xabarlar tarqalgani eslatilgan.
“Bizning hududda bunday turdagi ilonlar yaşamaydi va bu tur ilonlar iliq tropik havoni yaxşi körgani uçun 25 gradusdan baland bölgan hududlarda uçraydi. Ya’ni, tropik zonalarda köplab uçratiş mumkin. Tarqalgan videoda ilon çöponlar tomonidan ölik holatda topilgan. Bunday tur ilonlar Özbekistonda faqat xususiy hayvonot boğlari, sirklar, köçma sirklarda boqiladi”, deyiladi kanal ma’lumotida.












