24 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq sözlaydi. 

Tadbirda YTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Saudiya Arabistoni podşohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo taşkiloti vitse-prezidenti Syançen Çjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnaşadi.

Prezident iştirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boşlovçisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari böyiça direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Çarlz moderatorlik qiladi.

Bugun esa davlat rahbari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.