Surxondaryoda mast holda mashina boshqarib YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
U o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik va mashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga 300 dollar taklif qilgan.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 20 mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX YHXB xodimlari Nexia mashinasining harakati shubha tug‘dirgani uchun to‘xtatishgan.
Haydovchi A.S. bilan suhbatlashish jarayonida undan spirtli ichimlik hidi kelayotgani uchun YPX xodimi o‘ziga biriktirilgan «Alkotestor» moslamasi orqali tekshirib ko‘rib uning (0.377 mg/l) mastlik holatini aniqlagan. Inspektor holat yuzasidan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandiga muvofiq haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan hamda mashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtiradi.
Haydovchi A.S. YPX xodimiga o‘ziga nisbatan chora ko‘rmasdan mashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 300 dollar pora taklif qilgan. YPX inspektori fuqaroga bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini, jinoyatga boshlamasligini aytib, tushuntirishiga qaramay haydovchi pora taklif qilishda davom etgan.
Shundan so‘ng, YPX inspektori viloyat IIB boshlig‘i nomiga fuqaro A.S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab, bildirgi bilan murojaat qilgan. Ushbu bildirgiga asosan 2022 yilning 21 mart kuni IIV ShXBB xodimlari Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchi A.S. YPX inspektoriga 300 dollarni pora tariqasida berayotganda ushlangan va holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan, Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Surxondaryo viloyatida yil boshidan hozirga qadar haydovchilar tomonidan olti marotaba YPX inspektorlariga pora taklif qilinib ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
14:48 / 17.11.2024