Jamşid Qöçqorov tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar natijasida aholiga rublda pul ötkazmalari uzluksiz amalga oşirilayotganini ta’kidladi. Bu işni davom ettiriş topşirildi, dedi u. 

«Ba’zi tadbirkorlar erkin konvertatsiya qilinadigan valutada kreditni qanday tölaşi haqida taşvişlanayotgan bölişi mumkin. Xabaringiz bor, ötgan yilning avgust oyida prezidentimiz tadbirkorlar bilan uçraşuvda uşbu kreditlarni sömda tölaş imkoniyatini yaratiş böyiça topşiriq bergan edi. Bu mexanizmdan har qanday tadbirkor foydalanişi mumkin», dedi boş vazir örinbosari.

Jamşid Qöçqorovning aytişiça, oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oşişining oldini oliş maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona tölovlarini nolga tuşiriş imkoniyati körib çiqilmoqda. «Biz bu masala böyiça tegişli qaror kiritamiz», dedi u. 

Mehnat muhojirlari muammolarini hal qiliş uçun Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirliklari vakillaridan iborat maxsus ştab taşkil etiladi.

Prezident soha va hududlarda har kuni monitoring ötkaziş, yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş böyiça tezkor çora-tadbirlar köriş böyiça topşiriqlar berdi. Korxonalarning aylanma mablağlarini töldiriş uçun revolver kreditlaş tizimini yanada soddalaştiriş muhimligi ta’kidlandi, dedi Jamşid Qöçqorov. 

«Transport-logistika masalalarini hal etiş, jumladan, Uzbekistan Airways faoliyatini takomillaştiriş böyiça körsatmalar berildi. Şu bilan birga, tadbirkorlar, ayniqsa, kiçik va örta biznes vakillariga şaroit yaratib beriş, qöllab-quvvatlaş böyiça Soliq qömitasiga körsatmalar berildi», dedi boş vazir örinbosari.

Bundan oldin Özbekistonda soliq ma’murçiligiga oid barça özgarişlar töxtatib turilişi xabar berilgandi.

Moliya vaziri Timur Işmetovga köra, budjet resurslaridan moliyalaştiriladigan ipoteka va ta’lim kreditlari foiz stavkalari ham kötarilmaydi.