Bloomberg vaziyatdan xabardor bölgan ikki manbaga asoslanib xabar yozgan. Ularning ma’lumotiga köra, Çubays prezident Vladimir Putinning Ukrainada uruş boşlaşiga rozi emasligini bildirgan holda iste’foga çiqqan va xorijga çiqib ketgan. Agentlik agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Çubays Ukrainaga bosqin tufayli Kreml bilan aloqani uzgan ilk yuqori martabali rasmiy bölişiga e’tibor qaratgan. Reuters manbasi ham Çubays uruşga norozilik sifatida Kreml maxsus vakili lavozimidan ketib, mamlakatni tark etgani haqida aytgan.
«Ha, bu töğri. Anatoliy Borisoviç bu lavozimni tark etdi», - degan TASS muxbiriga Çubaysga yaqin bölgan manba. Çubaysga aloqador bölgan yana bir manba u Rossiyadan çiqib ketganini aytgan: «U maxsus vakil lavozimidan ham, mamlakatdan ham ketdi». «Heç narsa ayta olmayman, bundan xabarim yöq», - degan RBK bilan suhbatda uning akasi Igor Çubays Anatoliy Çubaysning iste’fosi va mamlakatdan ketgani haqidagi savolga javoban.
Keyinroq Kreml vakili Dmitriy Peskov «Interfaks» savoliga şunday javob qaytardi: «Ha, Çubays öz ixtiyori bilan işdan böşadi. Ketadimi - ketmaydimi - bu uning şaxsiy işi».
Çubaysning tanişlaridan ikki nafari RBK muxbiriga, u öz rafiqasi Avdotya Smirnova bilan Istanbulga borganini aytgan (Smirnovaning tanişi ham u Turkiyada ekanini tasdiqlagan). Ulardan biri, Çubays Rossiyaga qaytişini ham qöşimça qilgan. «Kommersant» esa «Anatoliy Çubays Istanbulda» yozuvli suratni e’lon qilgan.

Uning özi vaziyat böyiça izoh bermagan. Forbes jurnalistlari u bilan telefon orqali boğlanişga muvaffaq bölgan. U Rossiyadan ketgani haqidagi savolni eşitişi bilan javob bermasdan, göşakni qöygan. U Reuters agentligi muxbirining qönğiroğiga ham şunday munosabatda bölgan.
Çubays Rossiya elitasining boşqa vakillari qatori, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini oçiq qoralamagan. Faqat sobiq vitse-premer, ayni vaqtda FIDe rahbari bölgan Arkadiy Dvorkoviç bundan mustasno. Şuningdek, milliarder Mixail Fridman ham bilvosita öz noroziligini oşkor etgan.
Çubays uruşga noroziligini 19 mart kuni safdoşi Yegor Gaydarning tuğilgan kunida yozgan postida pardalangan holda izhor etgan.
«Rossiya kelajagi borasidagi özaro bahslarimizda men har doim ham u bilan hamfikr bölavermayman. Ammo, aftidan, Gaydar strategik risklarni mendan yaxşiroq anglaydi, men esa nohaq bölganman», - degan u feysbukdagi sahifasida.
Bloomberg Çubaysni Rossiyadagi xususiylaştiriş me’mori deb atagan va aynan u 1990-yillarda Putinga uning Kremldagi ilk lavozimini berganini, keyinroq esa uning hokimiyatga kelişiga xayrixoh bölganini eslatgan.


















