Sönggi haftada (Navröz bayrami arafasida va bayram kunlari) vodiy viloyatlaridagi aholi xonadonlari va avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida gaz bosimi pasayib ketgani haqida murojaatlar yoğila boşladi.
Jumladan, Andijon viloyati Oltinköl tumani Böston mahallasi, Şahrixon şahar Bobojonov mahallasi, Asaka tumani Ergaşobod mahallasidan fuqarolar bayram kunlari gaz bosimi pasayib, öçib qolgani böyiça murojaat qilişgan.
Şuningdek, Farğona viloyatining bir qator hududlaridagi hovli hamda köp qavatli uylarda ham tabiiy gaz bosimi pasayişi holatlari kuzatilgan.
Farğona şahri “Afrosiyob” MFYga qaraşli Mohlaroyim, Obodlik, Oqibat köçalaridagi xonadonlarda (20 martdan boşlab), Qirguli mavzesi “Hamkorlik” MFY Qöqon köçasida joylaşgan köp qavatli uylarda gaz bosimi pasayişi yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqorida keltirilgan mazmundagi xabarlar tarqalganidan söng tabiiy gazni aholi va mijozlarga sotuvçi operatorlarga, xususan, “Hududgazta’minot” korxonalariga yetkazib beruvçi “Öztransgaz” AJ bayram kunlari aholiga gaz ta’minoti böyiça çeklovlar kiritilganini rad etdi.
“Ayni vazifani mas’uliyat bilan amalga oşiriş, xususan, bayram kunlarida aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlaş maqsadida qöşimça çora-tadbirlar yölga qöyilgan”, deyildi xabarda.
“Öztransgaz”ning gaz bosimiga heç qanday çeklovlar qöyilmagani haqidagi xabaridan söng Kun.uz’ning “Hududgazta’minot”dagi manbasi mazkur xabarni inkor qiluvçi hujjatni yubordi.

“Öztransgaz” AJ tomonidan 17 mart kuni Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot”, “Issiqlik stansiyalari”, “Özkimyosanoat” jamiyatlari va “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi havoning sovişi oqibatida gaz bosimi pasayişidan ogohlantirilgan.
“Özbekiston hududida havoning sovişi kutilayotgani, tabiiy gaz qazib oluvçi taşkilotlarda va tabiiy gaz importi bilan boğliq defitsit yuzaga kelişi va buning oqibatida Toşkent va Farğona vodiysi hududlariga boruvçi tizimdagi quvurlarda tabiiy gaz bosimi pasayadi”, deyiladi











