Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilar poytaxtning ayrim tumanlari, şuningdek, Farğona vodiysi, Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida gaz bosimi pasayganidan şikoyat qila boşlagan edi.
«Öztransgaz» xabariga köra, şirkat tabiiy gazni qazib oluvçi taşkilotlardan olib, magistral gaz quvuriga ulangan iste’molçilarga yetkazib beruvçi operator sanaladi.
«Ayni vazifani mas’uliyat bilan amalga oşiriş, xususan, bayram kunlarida aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlaş maqsadida qöşimça çora-tadbirlar yölga qöyilgan», deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, şu kunlarda «Öztransgaz» tizimidagi barça kompressor stansiyalarining agregatlari va gaz taqsimlaş stansiyalari bir maromda iş olib borişi uçun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilyapti.
«Tun-u kun navbatçilik yölga qöyilgan tizim korxonalari tomonidan strategik ahamiyatga ega korxonalar, aholi va ijtimoiy soha obektlariga tabiiy gaz uçun heç qanday çeklov örnatilmagan, tabiiy gaz belgilangan limit doirasida bir maromda yetkazib berilmoqda», deyiladi «Öztransgaz» bayonotida.
«Öztransgaz» ayni paytda korxona tomonidan tabiiy gaz şartnomalarda közda tutilgan hajmlar doirasida, heç bir çeklovlarsiz yetkazib berilayotganini ma’lum qilgan.

















