Yevropa ittifoqi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari Ukraina bilan birdamlik trast fondini taşkil etişga kelişib oldi. Bu haqda 25 mart, jumaga ötar keçasi Yevropa kengaşi yiğilişi yakunlari böyiça e’lon qilingan kommyunikeda aytiladi.
«Rossiyaning harbiy agressiyasi tufayli Ukrainaga yetkazilgan vayronagarçilik va katta yöqotişlarni yodda tutib, Yevropa ittifoqi Ukraina hukumatiga uning şoşilinç ehtiyojlari böyiça, Rossiya hujumlari tugaganda esa demokratik Ukrainani tiklaşda yordam berişga tayyor, - deyiladi sammit kommyunikesida. - Şu maqsadda Yevropa kengaşi Ukraina bilan birdamlik trast fondini tuzişga rozi böldi va xalqaro hamkorlarni unda iştirok etişga taklif qiladi».
Hujjat matnida fondni «keçiktirmasdan» taşkil etişga tayyorgarlik körişni boşlaş töğrisida çaqiriq mavjud.
Yevropa kengaşi, şuningdek, Ukraina bilan birdamlik trast fondini töldiriş uçun xalqaro donorlik konferensiyasini taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Ular buni «kerakli vaqtda» ötkazmoqçi.
«Yevropa ittifoqi Ukrainani elektr energiyasi va gaz bilan uzluksiz ta’minlaş niyatida», deb va’da berildi sammitda. Bayonotda Ukraina va Moldova energiya tizimlarining Yevropa bilan sinxronlaştirilgani «ajoyib yutuq» deb ataldi.
«Bu bizning kelajagimiz endi bir-biriga boğlanganligini körsatadi», deyiladi Yevropa ittifoqiga a’zo 27 davlatning davlat va hukumat rahbarlari bayonotida.

















