Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 mart kuni Toşkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boşçilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikovni qabul qildi.
Uçraşuv avvalida Maksim Reşetnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Toşkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan samimiy tabrikladi.
Köp qirrali Özbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytiriş böyiça oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi. Sanoat kooperatsiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari suriş va özaro savdo körsatkiçlarining ijobiy ösiş sur’atlarini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Ötgan yil yakuni böyiça ikki tomonlama tovar ayirboşlaş uçdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning birinçi oylarida savdo körsatkiçlari 50 foizdan ziyodga oşdi. Bugungi kunda Özbekistonda 2 mingdan ortiq qöşma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni taşkil etmoqda.

Uçraşuvda ikki mamlakat hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlikni davom ettiriş, şuningdek, Özbekiston va Rossiya örtasidagi iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalaniş muhimligi ta’kidlandi.


















