2020 yil kuzidagi uruşdan keyin mojaro hududida özaro otişmalar davom etgan va tomonlar bunda bir-birini ayblab kelgan.
Bu safar Ozarboyjon tomoni, Armaniston TIV ma’lumotiga köra rossiyalik tinçlikparvar kuçlar mas’ul bölgan tepalik va qişloqni egallaşgan. Rossiya tinçlikparvar kuçlari 44 kunlik uruşdan keyin Qoraboğga kiritilgandi. Rossiyalik tinçlikparvar kuçlar Ozarboyjon va Armaniston harbiylari pozitsiyalari örtasida joylaşgan.
Armaniston tomoni ma’lumotiga köra, töqnaşuv payşanba kuni boşlangan, öşanda ozarboyjonlik harbiylar Farux qişloğiga kirişgan. Bundan taşqari, armanlar Xramort qişloği (Ozarboyjon bu qişloqn Pirlar deb ataydi) aholisini evakuatsiya qilgan.
Juma kuni tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikisi hukumati Ozarboyjon tunda turklarning «Bayraktar» dronlarini qöllaganini ma’lum qildi. Armaniston TIV rossiyalik tinçlikparvar kuçlar «Ozarboyjon qurolli kuçlari bölinmalari Rossiya tinçlikparvar kontingenti qöriqlayotgan hududdan zudlik bilan olib ketilişini ta’minlaş çoralarini körişi»ni kutişini bildirdi.
Ozarboyjon TIV heç qanday eskalatsiya yöqligi va Armaniston «xalqaro hamjamiyatni çalğitişga urinayotgani»ni ma’lum qildi. Vazirlik ozarboyjonlik harbiylar şunçaki pozitsiyalar joylaşuviga aniqlik kiritgani va «jazavaga tuşişga sabab yöqligi»ni bildirdi.
Armaniston tomoni ikki tomondan ham harbiylar orasida bir neça qurbonlar va yaralanganlar borligi haqida ma’lum qilgan. Ozarboyjon mudofaa vazirligi heç qanday qurolli töqnaşuv bölmagani va qurbonlar yöqligini bildirgan.

Tinçlikparvar kuçlar köz öngida
Ozarboyjon va Armaniston naşrlarida ozarboyjonlik harbiylar tinçlikparvar kuçlar köz öngida strategik ahamiyatga ega tepaliklardan biriga yöl oçayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu ma’lumot tomonlarning heç biri tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Qoraboğlik politolog Tigran Grigoryan tvitterdagi sahifasida Farux qişloğida röy berayotgan voqealar böyiça fikrlarini bildirdi.
Uning sözlariga köra, bir neça kun muqaddam rossiyalik tinçlikparvar kuçlar armanistonlik va ozarboyjonlik harbiylardan uşbu qişloq atrofidagi pozitsiyalaridan ketişni talab qilgan, ammo keyin ozarboyjonlik harbiylar şunçaki «rossiyalik harbiylarning biror qarşiligiga uçramay» qişloqqa kirişgan.















