RF mudofaa vazirligi sönggi kunlarda keskinlik yangilangan Toğli Qoraboğdagi vaziyat rossiyalik tinçlikparvar kuçlar tomonidan «barqarorlaştirilgani» haqida ma’lumot berdi.
«Muzokaralar natijalariga köra, Ozarboyjon tomoni Farrux aholi punkti hududidan öz bölinmalarini olib çiqdi», deyiladi xabarda.
Ozarboyjon mudofaa vazirligi esa rossiyalik harbiylarning da’vosi haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi. Rasmiy Boku Ozarboyjon harbiylari qişloqdagi öz örnida qolayotgani va «operativ vaziyatni töliq nazorat qilayotgani»ni ta’kidlagan.
- Toğli Qoraboğdagi navbatdagi keskinlik 24 mart kuni boşlandi. Hududda tinçlikparvar missiyani bajarib kelayotgan Rossiya harbiylari talqiniga köra, Ozarboyjon harbiylari Rossiya mas’ul bölgan hududga kirgan va Toğli Qoraboğ respublikasi armiyasi pozitsiyalariga dronlar orqali zarba bergan. Rossiya mudofaa vazirligi 26 mart kuni Ozarboyjonga qöşinni hududdan olib çiqişni sörab murojaat yuborgan.
- Ozarboyjon tomoni esa röy bergan hodisalarni öz hududlarini aniqlaştiriş bilan izohladi va harbiylar öz hududida ekanini ma’lum qildi. Şuningdek, Ozarboyjon Rossiya tomonidan «Toğli Qoraboğ» jumlasini işlatmaslikni va Ozarboyjon hududlarining nomini töğri körsatişni söragan.














