Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Içki işlar vazirining tegişli buyruği bilan Bulunğur, Nurobod, Kattaqörğon va Qöşrabot tumanlarida IIBga yangi boşliqlar tayinlangan.
Jumladan:
- Podpolkovnik Suvonqulov Zokir Latipoviç Nurobod tumani IIB boşliği etib tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça, Z.Suvonqulov Qöşrabot tumani IIB boşliği lavozimida işlagan.
- Bunyod Jöraqulov Qöşrabot tuman IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça B.Jöraqölov Bulunğur tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
- Aslamjon Oçilov Kattaqörğon tuman IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça A.Oçilov Nurobod tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
- Podpolkovnik Otamurodov Abduvali Saidmurodoviç Bulunğur tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça A.Otamurodov Kattaqörğon tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Jizzax viloyatida ham Jizzax şahri va yana bir neçta tumanlarda IIB boşliqlari özgargandi.













