Qöşimçaga köra, tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan şaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş natijasida yetkazilgan zarar davlat tomonidan töla hajmda qoplab beriladi.

17 mart kuni Senatda Özbekistonda qiynoqqa solişdan jabrlanganlarga tovon puli tölaş tizimi joriy etilişiga doir qonun ma’qullangandi.

Qonunga köra, qiynoqqa solişdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam körsatilişi hamda ularga yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinişini ta’minlaş, bunda qiynoqdan jabrlangan şaxslarga yetkazilgan jismoniy va ruhiy zarar, moddiy zarar yoki boy berilgan foyda, yuridik yordam, dori vositalari va tibbiy xizmat, psixologik va ijtimoiy xizmatlar uçun qilingan xarajatlar tölab berilişi közda tutilgan.

Qonun loyihasi 2021 yilda Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan edi. 

Öşanda Fuqarolik kodeksi tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organlar, suriştiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uçun javobgarlikni belgilovçi 991-moddasiga qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş natijasida yetkazilgan zarar uçun javobgarlik kiritilişi, 1021-moddasi ikkinçi qismiga, ya’ni ma’naviy zarar uni yetkazuvçining aybidan qat’i nazar qoplanişi lozim bölgan holatlarga qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş jinoyati natijasida yetkazilgan zararni ham kiritiş taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.