Abdulaziz Aqqulov Özbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar bermoqda.
Abdulaziz Aqqulov 1985 yilda tuğilgan. 2007 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqiçini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda «Özstandart» agentligida mutaxassis lavozimidan boşlagan. 2006–2017 yillarda «Özbekturizm» milliy kompaniyasida turli lavozimlarda işlagan.
2017–2018 yillarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği, 2018 yilda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari, 2018–2020 yillarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçisi, 2020–2021 yillarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2021 yil 9 aprelidan buyon Turizm va sport vaziri örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uçun, 2019 yildan buyon Özbekistonning BAAdagi elçisi bölgan Baxtiyor Ibrohimov 2022 yilning fevralida TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlangandi.












