Hukumat qarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoşdan oşgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj işsiz xotin-qizlar;
- tadbirkorlik qiliş istagida bölgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- boquvçisi bölmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
- uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
- qaramoğida nogironligi bölgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Tadbirkorlikni yölga qöyiş uçun xotin-qizlarga 33 mln sömgaça 14 foizlik kreditlar:
- oilaviy tadbirkorlik uçun – 3 oydan 6 oygaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça;
- çorvaçilik, baliqçilik, parrandaçilik uçun – 1 yilgaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça;
- boğdorçilik, uzumçilik va limonçilik uçun – 3 yilgaça imtiyozli davr bilan 7 yilgaça ajratiladi.
Ayollarga 5 mln sömgaça kreditlar naqd berilişi mumkin.
Mazkur nizom tasdiqlanişi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinçalik tartib bekor qilindi.

















