Rossiya 2022 yilda neft va gazdan 321 mlrd dollar daromad olishi mumkin - Bloomberg
Qayd etilishicha, Rossiyaning neft va gazdan daromadi ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyatni faqat yirik importyorlar tomonidan Rossiyaga energetik embargo kiritilishigina o‘zgartirishi mumkin.

Foto: Bloomberg
Rossiya 2022 yil yakuni bo‘yicha neft va gaz eksportidan 321 mlrd dollar atrofida daromad olishi mumkin, bu 2021 yildagiga nisbatan o‘ttiz foizga ko‘p. Bloomberg Economics ekspertlari ana shunday fikr bildirdi.
Vashington xalqaro moliya instituti (IIF) xodimlari ham shunga o‘xshash xulosaga kelishdi.
«Hozirgi sanksiyalar saqlanib qolgan holatda Rossiyaga qattiq valuta kelishi davom etadi», — deyiladi institut hisobotida.
TS Lombard tahlilchilari rublning keskin devalvatsiyasi va narxlar oshishi uyg‘unligida neft Rossiya budjetiga qo‘shimcha 8,5 trln rubl (103 mlrd dollar) keltirishini taxmin qilmoqda.
Rossiyaning neft va gazdan daromadi ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyatni faqat yirik importyorlar tomonidan Rossiyaga energetik embargo kiritilishigina o‘zgartirishi mumkin, deya qayd etgan Bloomberg.
«Uglevodorodlar sotuvidan keladigan daromad Rossiya iqtisodiyoti uchun qutqaruv chambaragi hisoblanadi. Ammo energetik embargosiz ham inflatsiya o‘smoqda va chuqur retsessiya yaqinlashmoqda», — deya fikr bildiradi Bloomberg Economics eksperti Skott Jonson.
TS Lombard eksperti Madina Xrustalevaning fikricha, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotining «noenergetik qismi»ni izdan chiqaradi, natijada «Rossiya energiya resurslariga yanada bog‘lanib qoladi».
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025