Pnevmatik töpponçadan 10 metrdan otiş dasturida qatnaşgan Vladimir Sveçnikov Osiyo öyinlari oltin medalini qölga kiritdi.
Sveçnikov 244,3 oçko bilan Osiyo öyinlari rekordini ham yangilagan.
Milliy olimpiya qömitasi qayd etişiça, bu – öq otiş sporti turlarida Osiyo öyinlarida 32 yillik tanaffusdan keyin qölga kiritilgan oltin medal böldi.
Şuningdek, eşkak eşuvçilar jamoasi yana ikki kumuş va bitta bronzaga ega çiqişdi.
Akademik eşkak eşiş bahslarida ayollar örtasida keçgan W2- juftlik dasturida Aydana Smetullayeva va Anna Aksyonova finiş çiziğini ikkinçi bölib kesib ötişdi va kumuş medal bilan taqdirlandi.

Akademik eşkak eşiş böyiça M4x yönalişida qatnaşgan Davrjon Davronov, Şahboz Xolmurzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Pavel Sorin kvarteti bronza medalini qölga kiritdi.

M4 dasturida esa Dilşod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Alişer Turdiyev va Maksim Golubev kvarteti kumuş medalga sazovor böldi.

Şu tariqa, akademik eşkak eşuvçilar jamoasi Osiyo öyinlaridagi iştirokini yakunladi. Jamoa Özbekiston delegatsiyasi hisobiga jami 9 ta medal olib keldi: 1 ta oltin, 6 ta kumuş va 2 ta bronza.
Baydarka va kanoeda eşkak eşiş jamoasi esa turnirdagi iştirokini davom ettiradi. Hozirça bu jamoa 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medal qölga kiritgan.
Hozirça Özbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 4 ta oltin, 11 ta kumuş va 8 ta bronza jamğargan holda 7-öringa kötarildi.


















